Fanlar akademiyasi tizimida yangi institut tashkil etildi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar:

•    jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
•    mamlakatning barqaror rivojlanishi maqsadidan kelib chiqib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
•    davlat va huquq sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
•    zamonaviy elektron-axborot va o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda aholining, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;
•    ilmiy faoliyatni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda, shartnomalar asosida amalga oshirish, eng dolzarb huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
•    yuridik ixtisoslikIar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yo‘li bilan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning maIakasini oshirishda bevosita ishtirok etish;
•    Institut xodimlarining davlat va jamiyat islohoti turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, Institut doimiy asosda “Davlat va huquq” jurnali, jamoaviy va individual monografiyalar, o‘quv-metodik adabiyotlar, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan, ularning electron shaklini nashr etishga doir faoliyatni yuritadi.

Institutga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, jumladan ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fanlar akademiyasi

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing