Falastin Prezidenti Putin bilan uchrashadi

Olam

image

Falastin rahbari Mahmud Abbos tez orada Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov Falastin Imperatorlik Pravoslav Jamiyatida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Aytishim mumkinki, u (Abbos) tez orada rasmiy tashrif bilan Moskvaga borib, Vladimir Vladimirovich [Putin] bilan muzokara o‘tkazadi”, degan vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 oktyabr kuni G‘azo sektoridan HAMAS jangchilari Isroil hududiga kirib kelganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atamoqda. Isroil G‘azoni to‘liq blokadaga olganini e’lon qilib, Livan va Suriyaning bir qator hududlariga zarba bera boshladi. To‘qnashuvlar G‘arbiy Sohilda ham sodir bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Bogdanov Qatarda HAMAS harakatining siyosiy rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Falastin Mahmud Abbos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing