Falastin muammosi 70 yoshdan oshgan tarixiy adolatsizlik – Xitoy 

Olam

image

Falastin muammosi 70 yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan tarixiy adolatsizlik. Bu haqda joriy yilning 19 fevral kuni G20 davlatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Xitoy G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni samarali bajarishni qo‘llab-quvvatlaydi va bunday mojarolar qayta takrorlanmasligi uchun sharoit yaratish muhim deb hisoblaydi.

“G‘azodagi mojaro misli ko‘rilmagan gumanitar falokatga olib keldi. Urush alangasi yana avj olmasligi kerak, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doimiy va samarali bajarilishi shart”, dedi Van I.

Uning eslatishicha, G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy sohil hududi falastinliklarning vatani. Van Iga ko‘ra, urushdan keyingi tiklanish jarayonida “falastinliklar o‘z yerlarini o‘zlari boshqarishi” tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim.

“Yagona maqbul yechim – ikki xalq uchun ikki davlat rejasidir. Falastin muammosi 70 yildan ortiq davom etayotgan tarixiy adolatsizlik bo‘lib, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi”, deydi Xitoy Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Van I BMT Xavfsizlik Kengashining “Ko‘p tomonlama munosabatlar amaliyoti, global boshqaruvni isloh qilish va takomillashtirish” mavzusidagi yig‘ilishda G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy Sohili siyosiy bitimlarda savdolashish vositasi emasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Falastin tarixiy adolatsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing