Falastin-Isroil mojarosi boshlandi-yu, Ukraina nazardan qoldi – Zelenskiy
Olam
−
17 noyabr 2023
13026Oktyabrda Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan beri Ukrainaga 155 mm artilleriya snaryadlarini yetkazib berish kamaydi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AFP’ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Bizning ta’minotimiz pasaydi. Ular haqiqatan ham sekinlashdi. Bu Qo‘shma Shtatlar aytganidek emas. Yo‘q! Shunchaki hamma o‘zi uchun kurashmoqda. Bu hayot. Men buni ijobiy deb aytmayapman, lekin bu reallik va biz o‘zimizga tegishli narsalarni himoya qilishimiz kerak”, deydi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb yetarli miqdorda snaryadlar yetkazib bera olmayapti.
“Hozir omborlar bo‘sh yoki qaysidir davlat bizga bera olmaydigan qonuniy minimum bor. Bu yetarli emas”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.
Qayd etilishicha, Zelenskiy Kiyevda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvda Falastin-Isroil mojarosi boshlanganidan keyin dunyo Ukrainadagi harbiy amaliyotlarga u qadar e’tibor qaratmaganini aytgan.
“Bilasizmi, dunyo Ukraina frontidagi vaziyatga uncha e’tibor qaratmayapti”, degan Zelenskiy Kemeronga.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya qishda Ukrainani bombardimon qilish uchun raketalarni zaxiralashini, ammo Ukraina havo mudofaasi “o‘tgan qishdagidan yaxshiroq” foydalanishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba esa Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1 mln artilleriya snaryadlarini yetkazib berish rejasini 2024 yilning martigacha bajarmasligini aytgan. Sabablar qatorida vazir mudofaa ishlab chiqarishining holati va byurokratik to‘siqlarni keltirgan. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg esa "jang maydonidagi vaziyat og‘ir", ekanini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden federal byudjetni vaqtincha moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Unda Ukrainaga beriladigan yordam uchun mablag‘ ajratish belgilanmagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr