Falastin futbol assotsiatsiyasi FIFA va UEFA’ga murojaat qildi

Sport

image

Falastin futbol assotsiatsiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA), Yevropa futbol ittifoqi (UEFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga Isroil mudofaa kuchlari (IDF) matbuot xizmati tomonidan falastinlik futbolchilar haqida berilgan bayonot yuzasidan rasmiy murojaat qildi. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Falastin ommaviy axborot vositalari futbolchilar, hakamlar va murabbiylardan iborat 12 nafar inson halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. IDF matbuot xizmati esa ushbu shaxslar radikal “Hamas” harakati va “Falastin Islomiy jihodi” tashkiloti a’zolari bo‘lganini iddao qildi.

“Falastin futbol assotsiatsiyasi FIFA, UEFA va OFKga rasmiy shikoyat yo‘llab, IDF vakilining halok bo‘lgan futbolchilar orasida terrorchi guruhlar a’zolari ham bo‘lgani haqidagi bayonotlari yuzasidan chora ko‘rishni talab qildi.Insonlarni o‘ldirib, so‘ngra ularga qarshi hech qanday dalillarsiz, tegishli sud jarayonisiz yoki o‘zini himoya qilish imkoniyatini bermasdan ayblov qo‘yish vijdonsizlikdir. Bu iddaolar hech qanday tasdiqlanadigan dalillar bilan qo‘llab-quvvatlanmagan, mustaqil yoki xolis organlarga taqdim etilmagan hamda hech qanday tekshiruv yoki so‘roqdan o‘tmagan”, deyiladi Falastin futbol assotsiatsiyasi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil rasmiylari Falastin ayollar milliy terma jamoasi futbolchisi Rand Halavani hibsga olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing