Facebook yangi imkoniyat bilan boyitildi

Texnologiya

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida eski postlarni yashirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Endi foydalanuvchilar eski yozuvlarni arxivlashi yoki yo‘q qilishlari mumkin bo‘ladi.

Agar foydalanuvchi e’lon qilgan matnni saqlab qolishni va shu bilan birga uni boshqalardan yashirishni istasa, u postni arxivga yuborishi mumkin. Eski nashrni yo‘q qilish uchun uni savatga topshirishga to‘g‘ri keladi – xabar 30 kun ichida undan o‘chiriladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqda bir nechta nashrlarni boshqarish funksiyasi paydo bo‘ldi. Muayyan vaqt oralig‘ida ma’lum bir odam yodga olingan xabarlar birlashtirilishi, yashirilishi yoki o‘chirilishi mumkin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing