Facebook va Twitter AQSH saylovlariga “aralashgan” akkauntlarni o‘chirmoqda
Olam
−
13 mart 2020
2569Facebook va Twitter AQSH saylovlariga "aralashgan" Rossiya bilan bog‘liq akkauntlarni o‘chirib tashladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Facebook’ning xavfsizlik boshqarmasi rahbari Nataniel Gleyxer kompaniya 12 mart kuni Facebook'dagi 49 akkaunt, 69 guruh hamda Instagram'da 85 akkaunt o‘chirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sahifalar Rossiyadagi shaxslar tomonidan Gana va Nigeriya fuqarolari nomidan yuritilgan.
Twitter’da Gana va Nigeriyadagi 71 ta akkaunt o‘chirilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu manzillarning Rossiya bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi dalillar mavjud.
“Ushbu akkauntlarning har biri ijtimoiy, irqiy masalalar va fuqarolik huquqlari bo‘yicha suhbatlarga kirishib, o‘zaro nizo qo‘zg‘ashga uringan", deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil aprel oyida Maxsus prokuror Robert Myuller 2016 yilda AQSHDa o‘tkazilgan prezidentlik sayloviga Rossiyaning aralashuvi bo‘yicha hisobotini e’lon qilgandi. Uning xulosalariga ko‘ra, rasmiy Moskva AQSHdagi saylov natijalariga keskin ta’sir ko‘rsatgan.
LiveBarchasi