Facebook va Instagram’dagi uzilishlar qanchaga tushgani ochiqlandi

Olam

image

Meta kompaniyasi Facebook va Instagram’dagi uzilishlar tufayli qariyb 100 mln AQSH dollari yo‘qotdi. Bu haqda "DailyMail" nashri xabar berdi.

Weldbush Securities direktori Den Ayvzning ma’lum qilishicha, amerikalik milliarder Mark Sukerberg kompaniyasining aksiyalari qiymati 1,6 foizga tushib ketgan.

Kompaniya o‘z daromadining katta qismini reklamalar orqali oladi va yuzaga kelgan texnik muammolar ularning davomiyligiga ham ta’sir qilmasdan qolmagan. Shunga qaramay, kompaniya Facebook va Instagram’dagi uzilishlar kompaniyaning moliyaviy ahvoliga qay darajada zarar keltirishini ochiqlamagan. Mutaxassisning bildirishicha, o‘tgan yili 134 mlrd AQSH dollari miqdorida foyda ko‘rgan kompaniya uchun bu arzimagan yo‘qotish bo‘lishi mumkin.

Ba’zilar voqeaning AQSHdagi  praymerizlar o‘tkazilgan "Super seshanba"ga to‘g‘ri kelganidan taajjublanib, buni qandaydir kiberhujumga ham bog‘lashdi. Kompaniya esa uzilishlarni texnik nosozlik yuzaga kelgani bilan izohladi hamda nashr manbasining bildirishicha, o‘sha paytda kompaniya ichki tizimlari ham bir muddat ishlamay qolgan.   

"Kiberhujum bo‘lishi ehtimoldan  yiroq bo‘lsa-da, lekin ushbu taxminlarni ham to‘liq inkor etib bo‘lmaydi. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q va oxirgisi ham emas", deydi "TheRevOps" muharriri Kerri Lisenbigler.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 mart kuni Meta kompaniyasiga tegishli Facebook, Messenger va Instagram tarmoqlarida butun dunyo bo‘ylab uzilishlar sodir bo‘lgani, yarim milliondan ortiq foydalanuvchi ijtimoiy media ilovalariga kira olmagani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Instagram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing