Facebook o‘zbekistonlik obunachilaridan xavotir olmoqda

Olam

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zining o‘zbekistonlik obunachilarini Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlashdan ogohlantirib, ularning xavf joyda yoki xavf ostida ekanini tekshirmoqda. O‘zbekiston hududidagi obunachilarga jo‘natilayotgan bunday so‘rovlar tarmoqning Eslatmalar bo‘limida bugun, 28 sentyabr kuni, tushdan keyin paydo bo‘ldi. 

"Ko‘plab manbalar Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab joylashgan logistika ob’ektida kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 162 kishi jarohat olgan, ulardan 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 138 nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bir kishi halok bo‘lgan", deya voqea haqida umumiy ma’lumot berilgan Facebook xabarida.

Shuningdek,  yong‘in nazoratga olingani, portlash Inter Logistics kompaniyasida sodir bo‘lgani,  shikastlanishlar, jumladan, yaqin atrofdagi turar-joy binolariga yetgan zararlar eslatib o‘tilgan.

"Dastlabki ma’lumotlarda manbalar portlash portlovchi moddalarni noto‘g‘ri saqlash bilan bog‘liqligini taxmin qilgan. Ammo aniq sabab noaniqligicha qolmoqda. Aeroport faoliyatidagi uzilishlar haqida xabarlar yo‘q. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlayotgani sababli uzilishlar kuzatilishi mumkin", deb NC4 mustaqil xalqaro favqulodda aloqa agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bilan bo‘lishgan ijtimoiy tarmoq. 

Shundan so‘ng,  Facebook o‘zining o‘zbekistonlik obunachilaridan" Men xavfsizlikdaman" yoki "Menga aloqasi yo‘q" tugmalaridan birini tanlashni so‘ragan. 

Bunda portlash hududiga yaqin bo‘lgan Facebook foydalanuvchisi o‘zining xavfsiz joyda ekani haqida tarmoqni xabardor qilishi kerak bo‘ladi. 

Ammo ayni paytgacha tarmoq nechta o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga bunday so‘rovlar yuborgani noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing