Facebook nomini o‘zgartirmoqchi
Texnologiya
−
20 Oktabr 2021
10125Facebook kompaniyasi kelasi hafta o‘z nomini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, yangi nom korporatsiyaning shu nomli ijtimoiy tarmog‘idan tashqari
Instagram, WhatsApp va Oculus xizmatlarini ham aks ettirishi kerak.
Facebook bosh direktori Mark Sukerberg joriy yilning 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Connect yillik konferensiyasida rebrending haqida batafsil ma’lumot berishi kutilmoqda. Biroq, yangi nom oldinroq e’lon qilinishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Hozircha esa nom qat’iy maxfiylikda saqlanmoqda, uni hatto korporatsiya rahbariyatining barcha a’zolari ham bilmaydi.
Qayd etilishicha, yangi nom Facebook’ning yangi virtual ofis ilovasi Horizon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning o‘zi hozircha nom o‘zgarishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh bermagan.
Avvalroq, Apple Facebook dasturini App Store’dan olib tashlash bilan tahdid qilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi