Facebook davlat ta’siridagi xabardan ogohlantirishni boshlaydi

Texnologiya

image

Facebook ijtimoiy tarmog‘i davlat nazoratidagi OAV xabarlarini maxsus yorliq bilan belgilashni boshlaydi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar berdi.

"Biz ushbu noshirlar uchun oshkoralikni ta’minlaymiz. Chunki ular medianing ta’sirini davlatning manfaati bilan birlashtiradi. Odamlar ular o‘qigan yangiliklarda hukumat ta’siri borligini bilishlari kerak", deydi Facebook'ning kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Natan Gleyxer.

Belgilar birinchi navbatda OAV sahifalarida paydo bo‘lishi aniqlandi va keyingi hafta davomida yangiliklar tasmasidagi xabarlarga qo‘shiladi.

Facebook'ning ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan nazorat qilinadigan ta’rifi ommaviy axborot vositalari, boshqaruv va inson huquqlari sohasidagi mutaxassislar va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Kompaniya, ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirish sxemasi va tuzilmasi, shuningdek reportaj manbalari asosida ommaviy axborot vositalarining davlat tomonidan nazorat qilinishini hal qiladi. Davlat tomonidan nazorat qilinadigan deb belgilangan OAV o‘zlarining maqomiga shikoyat qilishlari mumkin.

Ta’kidlanishicha, kecha, 4 iyun kuni OAV orasida "Russiya today", "Sputnik", "Xinhua News" (Sinhua) va "Philippine News" agentliklari ushbu belgilarni oldi.

Shu bilan birga, "Al Jazeera" telekompaniyasi yorliqqa ega bo‘lmaydi. Chunki u xususiy mulk hisoblanadi. Garchi uning rahbarlari tarkibida qirollik oilasi a’zosi bo‘lsa ham.

Avvalroq, Twitter xabarlarni ishonchsizligini anglatadigan belgilarni qo‘llashni boshlagan edi. Shundan so‘ng, kompaniya AQSH Prezidenti Donald Trampning saylov haqidagi postini maxsus belgi bilan belgiladi. Bundan g‘azablangan Tramp Twitter'ni so‘z erkinligini bo‘g‘ishda aybladi. Bir necha kun o‘tib Tramp ijtimoiy tarmoqlar haqidagi qonunni imzoladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Facebook So'z erkinligi Twitter Oshkoralik

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing