Facebook’da biznes-akkaunt ochish imkoni paydo bo‘ldi

Texnologiya

image

Amerikaning Facebook korporatsiyasi shaxsiy va biznes akkauntlari o‘rtasida almashish imkonini beradigan Messenger ilovasini ishgka tushirdi. Bu haqda kompaniya o‘z blogida ma’lum qildi.

Ilgari kompaniya nomidan mijozlarning xabarlariga javob berish uchun Page Manager ilovasiga dasturiga o‘tishingiz kerak edi. Hozirda ushbu funksiya iOS’da paydo bo‘ldi, yaqin orada u Android’da ham o‘rnatiladi. Facebook xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi biznes akkauntlarning 90 foizdan ortiq adminlari yaqinlari bilan suhbatlashish uchun Messenger’dan foydalanadi. Shu sabab ular bir nechta ilovalar o‘rtasida almashishni istashmaydi.

Avvalroq, Facebook ijtimoiy tarmog‘i davlat nazoratidagi OAV xabarlarini maxsus yorliq bilan belgilashni boshlashini ma’lum qilgan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Facebook

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing