AQSHdagi saylovlar bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Facebook ijtimoiy tarmog‘i maxsus choralar joriy qilishi mumkin. Bu haqda "The Wall Street Journal" manbalariga asoslanib
xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, Facebook "xavf ostida" bo‘lgan mamlakatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan vositalardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Ushbu choralar "virusli" deb hisoblanadigan xabarlarning tarqalishini sekinlashtirish va xabarlarni identifikatsiya qilish chegarasini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, amaldagi Prezident Donald Tramp va demokratlardan prezidentlikka nomzod Jo Bayden o‘rtasida so‘nggi teledebat bo‘lib o‘tgan edi. SNN so‘roviga ko‘ra, demokrat nomzod teledebatlarning so‘nggi bosqichida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, AQSHda saylovlar joriy yilning 3 noyabrida o‘tkaziladi. Saylovlarda Prezident, 13 ta shtat Gubernatorlari, Vakillar Palatasining barcha a’zolari va Kongress Senatining uchdan bir qismi saylanadi.