Fabregasga tegishli klub Italiya A Seriyasiga chiqdi
Sport
−
11 may
3741Kecha, 10 may kuni B Cyeriyada chempionatning so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, A Seriyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa ma’lum bo‘ldi.
“Parma”dan keyingi elit divizionga “Komo” klubi ham qo‘shiladi. Jamoa 21 yil ichida birinchi marta Italiyaning eng kuchli divizionida o‘ynaydi. Mazkur klubga ispaniyalik sobiq futbolchi Sesk Fabregas rahbarlik qilmoqda.
Qayd etish joiz, Sesk hozircha klubni boshqarish uchun zarur bo‘lgan litsenziyani olmagan, shuning uchun u rasmiy ravishda “Komo” xo‘jayini emas.
B Seriyada A Seriyaning uchinchi yo‘llanmasi uchun “Venetsiya”, “Kremoneze”, “Katandazaro”, “Palermo”, “Breshiya” va “Sampdoriya” kurash olib boradi.
LiveBarchasi