“FHDYO yagona elektron arxivi” tizimi joriy etiladi

Jamiyat

image

Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYO organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYO yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan. Buning uchun maxsus uskunalar yordamida FHDYO arxivi hujjatlarini raqamlashtirish boshlab yuborilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15 dekabr kuniga qadar FHDYO arxivi hujjatlarining 48,5 foiz, ya’ni 26,6 milliontasi raqamlashtirilib, elektron tizimga kiritilgan. Natijada, yaqin kelajakda fuqarolar zarur hujjatni 5-10 daqqiqada olishlari mumkin bo‘ladi.

Shu kunga qadar, Davlat xizmatlari agentligi ishtirokida FHDYO tizimida bir qancha sezilarli islohotlar amalga oshirildi.

Masalan, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar shular jumlasidan.

FHDYO organlarida to‘lovlarni qabul qilish va ularning sarflanishini nazorat qilish uchun onlayn to‘lov (Billing) tizimi joriy etildi.

Bundan tashqari, tug‘ilganlik, nikoh, nikohdan ajralish va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar kompyuter yordamida faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etilib, ularni qo‘lda yozib to‘ldirish talablari bekor qilindi (blanklarning qo‘lda to‘ldirilishi ko‘p vaqt talab etgan va xatolar qaytarilishiga sabab bo‘lgan).


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing