Endi nikohdan o‘tishda tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi talab qilinmaydi
Jamiyat
−
09 Sentabr 12076 1 daqiqa
Joriy yilning 1 dekabridan boshlab O‘zbekistonda nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi. Bu haqda Prezident tomonidan kecha, 8 sentyabr kuni qabul qilingan “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
- 2028 yilgacha YAIDXP (my.gov.uz) va davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
- proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga hamda kompozit davlat xizmatlarini 74 taga yetkazish.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan idoralararo axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagilar bekor qilinadi, jumladan:
- nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi;
- nikohdan sud qarori asosida ajratilganda nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYO organlari tomonidan sud qarorining talab qilinishi;
- avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini ko‘rsatish talabi.
Live
Barchasi