FHDYO mudirasi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaroning familiyasini o‘zgartirib berish evaziga pora olayotgan FHDYO mudirasi qo‘lga olindi.

Urganch tumani FHDYO bo‘limi mudirasi M.A. xizmat mavqeidan foydalanib fuqaroning familiyasini o‘zgartirib berish evaziga undan 300 ming so‘mlik kanselyariya mollari va 100 ming so‘m olgan. Ish bitgach, esa yana 500 ming so‘m talab qilib, olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Xorazm FHDYo

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing