FHDYO hujjatlarini qayd etish tartibi o‘zgardi. Qanday yangiliklar bor?

Foydali

image

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga bir necha o‘zgarishlar kiritildi. Natijada FHDYO organlari tomonidan beriladigan hujjatlarni olish jarayonlari ancha soddalashtirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lumot berdi.

Yangi tartib bo‘yicha, tug‘ilishni qayd etish muddati o‘tkazib yuborilganda 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

– bolaning ota-onasi;

– ota-onaning qonuniy nikohi mavjud bo‘lgan hollarda ulardan biri;

– ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;

– ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.

Yana bir e’tiborli jihati shundaki, dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin.

O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindoshlar yoki merosxo‘rlarning arizasiga ko‘ra FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

Vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar esa sud qaroriga asosan FHDYO organi tomonidan kiritiladi.

Yangi tartib ota-onalardan birining arizasi asosida bolaning tug‘ilganligini qayd etish tartibini soddalashtirildi. Fuqarolar ma’lum bir sabablarga ko‘ra yashash joyini o‘zgartirishi natijasida qayd etilgan dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritishda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi, shuningdek o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritishda FHDYO organiga vakolat berildi.

Masalan, bugungi kunga qadar qonun hujjatlarga ko‘ra dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi ariza ariza beruvchining yashash joyidagi yoki tegishli dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYO organi tomonidan qabul qilinishi.

Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishni ishonchnoma orqali amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi.

Buning natijasida fuqarolarga tomonidan ko‘plab norozichiliklarga sabab bo‘lar edi. Chunki ular dalolatnoma yozuvi boshqa hududdagi FHDYO bo‘limi tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, ushbu hududga borib kelishi yoki yashab turgan joyidagi FHDYO bo‘limida murojaat qilishi ular pochta orqali yuborishi uning natijasini olish uchun ma’lum bir mablag‘ va vaqt talab etilar edi.

Endilikda esa, yuqoridagi talab bekor qilinib, bir bir shaxsga belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma va dalolatnoma yozuvining qaysi ustuniga o‘zgartirish kiritilishi haqidagi tasdiqlangan ariza asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘ldi.

O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshirilishi, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Shu kunga qadar, o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga faqat tegishli sudlarning qaroriga asosan o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Biroq, amaliyotda o‘lim haqidagi tibbiy guvohnoma xato yozilishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan.

Keyinchalik ushbu xatolikni tuzatish uchun barcha hujjatlar yetarli bo‘lsa-da FHDYO organida unga tuzatish kiritish vakolati yo‘q edi, sudning tegishli qaroriga asosan tegishli o‘zgartirish kiritilgan.

Endilikda esa, yuqoridagi talab bekor qilinib, marhumning o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish yaqin qarindoshlar yoki merosxo‘rlarning arizasiga ko‘ra FHDYO organi tomonidan amalga oshirish vakolati berilgan va vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qaroriga asosan FHDYO organi tomonidan kiritilishi aniq belgilab berildi.

Yuqoridagilarni barcha fuqarolarimizni ortiqcha ovoragarchiliklariga va ushbu masalalar bo‘yicha sudlarga murojaat qilishiga chek qo‘yiladi.

Bu borada, davlat organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada soddalashtirish va fuqarolarga qulayliklar yaratishni davom ettiradi har doim biz bilan birga bo‘ling.


Maqola muallifi

Teglar

FHDYo

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing