Yozuvchi Isfandiyor 79 yoshida vafot etdi
Jamiyat
−
24 noyabr 8764 1 daqiqa
Kecha, 23 noyabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, huquqshunos Isfandiyor Kimsan o‘g‘li Matkarimov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Yozuvchi 1946 yili Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. 1969 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutini, 1971 yili Farg‘onadagi musiqa o‘quv yurtini, 1978 yili Gorkiy nomidagi adabiyot institutining nasr bo‘limini, 1981 yili “Davlatkino” qoshidagi oliy ssenaristlar kursini, 1997 yili Toshkent yuridik institutini tamomlagan. 1996 yildan advokatlik lavozimida ishlagan.
Uning “Saraton”, “Meni tongda uyg‘oting”, “Qasam”, “Qasoskor”, “Xun”, “Qaytish”, “O‘g‘ri”, “Inqiroz yoxud generallar o‘yini” kabi o‘nga yaqin qissa va romanlari chop etilgan.
U dramaturg sifatida “Otasining qizi”, “Ishonmasang o‘laman, xotin”, “G‘aroyib dori”, “Sening taqdiring” kabi sahna asarlarini yaratadi. Isfandiyor ssenarist sifatida “XX asr dinozavrlari”, “Qon ila yo‘g‘rilgan muhabbat” va “Loqaydlik mezoni” filmlarini yaratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston televideniyesi faxriysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etgandi.
Live
Barchasi