Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
18 may 2022
14975Amerika Prezidenti Jo Bayden Oq uyda nutq so‘zlayotganda AANHPI — Asian American, Native Hawaiian and Pacific Islander qisqartmasini talaffuz qila olmadi. Bu haqda “NBC News” xabar bergan.
“Ey-Ey-En-Eych… Ey-Pi-Ay… Ay-yay-yay-yay hamjamiyatida aks ettirilgan! Shu yerda, Qo‘shma Shtatlarda!”, degan Bayden.
Bu Baydenning birinchi marta adashishi emas. U ko‘p bora shunday noqulay vaziyatga tushgan.
Bu yil 80 yoshga to‘lgan Bayden AQSH tarixidagi eng keksa Prezident bo‘lib, uning tez-tez adashishi ko‘pchilikni uning sog‘lig‘ida muammolar bor, degan gumonga olib keladi.