Yevrokuboklar haftaligi davom etadi
Sport
−
07 mart 2019 5345 1 daqiqa
Bugun Yevropa ligasi nim chorak final bahslariga start beriladi.
Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da “Ayntraxt F” – “Inter Milan”, “Renn” – “Arsenal”, “Dinamo Zagreb” – “Benfika”, “Sevilya” – “Slaviya Praga” uchrashuvlari o‘tkaziladi.
“Chelsi” – “Dinamo Kiyev”, “Valensiya” – “Krasnodar”, “Napoli” – “Zalsburg” bahslari esa, 8 mart soat 01:00da boshlanadi.
Bu qarama-qarshiliklarning favoritlari deb hisoblanayotgan “Inter Milan”, “Arsenal”, “Benfika”, “Sevilya”, “Chelsi”, “Valensiya” va “Napoli” klublari keyingi bosqichga chiqa olsalar, chorak finaldan boshlab bu turnirning darajasi YeCHL darajasidan aslo past bo‘lmaydi.
Live
Barchasi