Everestda 5G aloqasi paydo bo‘ldi
Texnologiya
−
02 may 2020
7030Everest dunyodagi eng yuqorida joylashgan 5G mobil aloqa baza stansiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Xitoyning “Sinxua“ axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu aloqa Everest va unga yondosh hududlarni qamrab oladi. Stansiya “China Mobile” kompaniyasiga tegishli. U Everestdagi bazaviy lager hududida joylashgan.
“Yangi stansiya, avvalroq 5300 m va 5800 m balandlikda qurilgan boshqa ikkita stansiyalar bilan birgalikda, shimoliy qiyalik va Everest cho‘qqisini to‘liq 5G signal bilan ta’minlaydi“, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Everest cho‘qqisi yer yuzidagi eng baland nuqta hisoblanadi. Uning balandligi 8848 metrga teng. 5G aloqasi tezligi esa 2 Gbit/sekundgacha chiqishi mumkin.