Everest 11 tonna axlatdan tozalandi
Olam
−
08 iyul 2024
6540Nepal hukumati tomonidan moliyalashtirilgan jamoa bir necha hafta davomida Yerdagi eng baland cho‘qqi Everestda umumiy tozalash ishlari olib bordi va tayanch lager hududida qiyaliklarni tozaladi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, guruh 11 tonna axlat yig‘gan, ammo tog‘ni to‘liq tozalash uchun ko‘p yillar kerak bo‘lishi mumkin.
“Axlatning katta qismi eski ekspeditsiyalardan. So‘nggi paytlarda unchalik ko‘p emas, chunki bugungi kunda hukumat va mahalliy hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan qoidalar qat’iyroq va alpinistlarning o‘zlari ko‘proq mas’uliyat bilan harakat qiladi”, deydi mahalliy aholi vakili Ang Babu.
Qayd etilishicha, o‘n yil oldin Nepal hukumati alpinistlarga axlat yig‘ish va uni o‘zlari bilan olib ketishni buyurgan. Ammo ekstremal sharoitlarda hamma ham talabni bajarishga tayyor emas, chunki ular o‘z hayotlarini saqlab qolishga e’tibor berishi kerak.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar