Hukumatning alkogol va tamaki mahsulotlariga oid yangi qarori imzolandi
Jamiyat
−
10 iyun 2019
7096Joriy yilning 8 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki bozorini samarali tartibga solishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizomga ko‘ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash, litsenziya talablariga amal qilinishini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Inspeksiya boshlig‘i Moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Hukumat tomonidan tayinlanadi.
Qaror bilan shuningdek, Inspeksiyaning byudjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi hamda Iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.
Bunda, Jamg‘arma mablag‘lari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish kabi maqsadlar uchun yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi