Etil spirti ishlab chiqarishda davlat monopoliyasi bekor qilindi
Jamiyat
−
10 yanvar 2022
4463O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z ko‘chini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi”gi farmoni qabul qilindi.
Ushbu hujjat bilan quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
birinchidan, Prezidentning 17.01.2017 yildagi PF-4933-son Farmoniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish huquqiga ega shaxslar doirasi kengaytirildi. Endilikda bunday qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tomonidan ham qabul qilinadi;
ikkinchidan, Prezidentning 05.02.2019 yildagi PF-5656-son Farmonining 3-bandidan iste’mol etil spirti ishlab chiqarish davlat monopoliyasi o‘rnatilishi to‘g‘risidagi xatboshisi chiqarib tashlandi;
uchinchidan, Prezidentning 24.11.2018 yildagi PF-5583-son Farmonining 6-bandiga o‘zgartirish kiritish bilan investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyat yuritish tartibi hamda muayyan imtiyozlar berish tartibini belgilagan bandlarning amal qilish muddati 01.01.2024 yilgacha uzaytirildi. Ilgari bu muddat 01.01.2022 yilgacha belgilangan edi;
to‘rtinchidan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarining xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob’ektlarini “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra kontraktni tuzish bo‘yicha ustuvorlik huquqi bekor qilindi. Ushbu o‘zgartirishlar Prezidentning 28.07.2010 yildagi PF-4232-son Farmoniga kiritildi.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.
LiveBarchasi