“Eta” bo‘roni Gvatemala va Panamani vayron qildi. Qurbonlar 50 dan oshdi
Olam
−
06 noyabr 2020
3077Gvatemalada 50 dan ortiq kishi Eta bo‘roni tufayli yuzaga kelgan toshqin va ko‘chki qurboni bo‘ldi. Bunday ma’lumotlar Respublika Prezidenti Alexandro Jammattei tomonidan e’lon qilindi.
"Dastlab qurbonlar soni to‘rt nafar edi, shundan so‘ng ular birdaniga 50 nafarga ko‘paydi”, dedi davlat rahbari. Uning nutqi mamlakat hukumatining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Mamlakat rasmiylari Alta-Verapas, Isabal, Kiche, Peten, Sakapa, Santa-Rosa, Chikimula, Xutiapa va El-Progreso departamentlarida tabiiy ofat rejimini e’lon qildi.
Eng jiddiy zarar Alta-Verapas, Isabal, Kiche va Peten departamentlariga yetgan.
Shu bilan birga, Panama ham Eta bo‘roni sababli kuchli yomg‘irlar kamida besh kishini hayotdan olib ketgani, yana sakkiz kishini bedarak yo‘qolgan deb xabar qilmoqda. Bu haqda “La Estrella de Panamá” gazetasi xabar berdi.
Panama milliy fuqarolik mudofaasi tizimining hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy ofat mingdan ortiq odamga moddiy zarar yetkazdi. Yuzlab odamlar toshqinlar va ko‘chkilar tufayli transport aloqalari uzilib qolgan aholi punktlarida qolib ketmoqda.
Tropik Eta bo‘roni Karib dengiziga bugun yana qaytib kelishi kutilmoqda, u yerda kuchayib, Kuba tomon yo‘nalishi mumkin.
LiveBarchasi