Gana Panamani mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Bugun, 18 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “L” guruhidan o‘rin olgan Gana va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuv Gana terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Jamoalar Kanadaning Toronto shahridagi “Би́мо Fild” stadionida maydonga tushdi. Bahsni shvetsiyalik hakam Glenn Nyuberg boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

O‘yindagi yagona golga Gana yarim himoyachisi Kaleb Yirenki mualliflik qildi. U 90+5-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Avvalroq, mazkur guruhda Angliya terma jamoasi Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Hozirda ushbu guruhda Angliya va Gana terma jamoalari yetakchilik qilmoqda.

Angliya terma jamoasi guruh bosqichining 2-turida 24 iyun kuni Ganaga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi turda esa 28 iyun kuni Panama bilan bahs olib boradi. Xorvatiya terma jamoasi 24 iyun kuni Panamaga qarshi o‘ynaydi.Xorvatlar guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini 28 iyun kuni Gana terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Gana Panama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing