Estoniyada korrupsiya mojarosi fonida vazir iste’foga chiqdi
Olam
−
17 mart
4634Estoniya Adliya vaziri Kalle Laanet korrupsiya mojarosidan keyin iste’foga chiqdi. Bu haqda ERR davlat teleradioeshittirish portali xabar berdi.
Hodisaga Laanet vazir bo‘lib ishlagan vaqtida o‘gay o‘g‘lining kompaniyasidan, davlat puliga poytaxt Tallinda kvartira ijaraga olgani sabab bo‘lgan. Davlat uning kompaniyasiga 12 ming yevrodan ortiq ijara haqini to‘lagani fosh bo‘lgan.
Estoniyaning “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, mansabdor shaxslarga o‘z qarindoshlariga nisbatan qaror qabul qilish yoki harakat qilish taqiqlanadi. Shu nuqtai nazardan, vazirning o‘gay o‘g‘li uning qarindoshi sifatida ko‘rilgan.
“Hukumatda huquqiy ravshanlikni ta’minlash va osoyishtalik yaratish maqsadida bugun men adliya vaziri lavozimida qolmaslikka qaror qildim. Iste’foga chiqishimning yana bir sababi, mening qarindoshlarim jamoatchilik tomonidan shaxsiy hujumlarga uchragani bo‘lib, ular hech qanday tarzda bunga loyiq emas”, degan u.
Estoniya hukumati rahbari Kaya Kallas iste’foni qabul qilib, Laanetga aybini tan olgani uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Vengriya Prezidenti Katalin Novak pedofiliya mojarosi ortidan iste’foga chiqqan edi.
LiveBarchasi