Estoniya Rossiyani havo chegarasini buzishda aybladi
Olam
−
16 iyun 2021
5691Estoniya harbiylari kecha, 15 iyun kuni Rossiyaning ikkita Su-35 samolyotini mamlakat havo chegarasini buzganlikda ayblamoqda. Bu haqda Estoniya mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar qildi.
“Rossiyaning ikkita Su-35 samolyoti 15 iyun kuni Xiyumaa yaqinida Estoniya havo hududiga ruxsatsiz kirdi. Samolyotlar mamlakat havo hududida bir daqiqadan kamroq vaqt bo‘lgan. Ularning transponder (signal qabul qiluvchi va javob qaytaruvchi qurilma)lari yoqilmagan, qo‘shimchasiga, parvoz rejalari va ikki tomonlama radiosi ham bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.
Estoniya Tashqi ishlar vazirligi bugun, 16 iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, unga norozilik notasini topshirganini xabar qildi.
Rossiya esa samolyotlarining barcha parvozlari boshqa davlatlarning chegaralarini buzmasdan, neytral suvlar ustidagi havo maydonidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga muvofiq ravishda amalga oshirilib kelinayotganini iddao qilib keladi.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi