Estoniya-Rossiya chegarasida 600 ta bunker quriladi

Olam

image

Estoniya kutilmagan hujumga qarshi mudofaa chizig‘ini yanada mustahkamlamoqchi. Bu haqda bugun, 11 fevral kuni DPA agentligiga mamlakat Mudofaa vaziri Xanno Pevkur ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Estoniya Rossiya bilan chegarasida 600 ta bunker qurish arafasida turibdi.

“Hozir tayyorgarlikni kuchaytiryapmiz. Nafaqat Estoniya, balki barcha davlatlar o‘zi uchun ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishi kerak. Tinchlik paytida bu oson, urush boshlangan taqdirda muammoli masalaga aylanib qolishi mumkin”, deydi Pevkur.

Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, Estoniya o‘q-dori, qurol-yarog‘ va harbiy jihozlar ham sotib oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Putin 9 fevralga o‘tar kechasi nashr etilgan intervyusida Rossiyaning Polsha, Latviya va qit’aning boshqa davlatlariga hududiy da’vosi yo‘qligini aytgandi.

Rossiya yetakchisining amerikalik jurnalist bilan bo‘lgan suhbatini eslagan Mudofaa vaziri “Biz Putinning safsatalariga qarab rejamizni o‘zgartirmaymiz”, degan.

Shuningdek, mudofaa chizig‘ida tankka qarshi to‘siqlar o‘rnatilishi mumkin, ammo hozircha Boltiqbo‘yi davlatlari rasmiylari chegarani mustahkamlash bo‘yicha boshqa choralar ko‘rayotgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Finlyandiya Rossiya bilan chegarasini mustahkamlashi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Estoniya bunker Xanno Pevkur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing