Estoniya Qrim tatarlarining surgun qilinishini genotsid deb tan oldi
Olam
−
18 Oktabr
3048Estoniya parlamenti 1944 yilning 18 may kuni SSSR rahbari Iosif Stalin buyrug‘i bilan 8000 ga yaqin Qrim tatarlarining halok bo‘lishi bilan tugagan deportatsiya jarayonlarini genotsid deb tan oldi. Bu haqda Estoniya xalqining vakillik assambleyasi (Riigikogu) xabar berdi.
Yakuniy ovoz berishda Riigikogu'ning 83 a’zosi 54 deputat tomonidan taqdim etilgan “Qrim tatarlarining 1944 yilda ommaviy deportatsiyasini genotsid akti sifatida tan olish” bayonotini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlagan.
Riigikogu 1944 yilning mart oyida “totalitar sovet rejimi tomonidan rejalangan va amalga oshirilgan Qrim tatarlarining qirib tashlanishi hamda Qrim yarimorolidagi uylaridan Markaziy Osiyoga ommaviy surgun qilinishi”ni keskin qoraladi. O‘sha vaqtda taxminan 200 ming qrim-tatar deportatsiya qilingan, ularning o‘n minglabi halok bo‘lgan, butun xalq o‘z vatanini yo‘qotgan va o‘nlab yillar davomida ruslashtirish bosimi ostida bo‘lgan. Vatanga qaytish taqiqi faqat 1989 yilning noyabrida olib tashlangan.
Parlament o‘z bayonotida Qrimda tatarlarga qarshi muntazam qamoqqa olish, qiynoqlar, odam o‘g‘irlash hamda ona tilini o‘rganish va undan foydalanishni taqiqlash orqali amalga oshirilayotgan genotsid siyosatining davom etishini qoralangan. Bundan tashqari, Riigikogu xalqaro hamjamiyatni Qrim tatarlari bilan birdamlik ko‘rsatishga va Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi va anneksiya qilinishini qoralashni davom ettirishga chaqirgan.
Bayonotda Riigikogu, shuningdek, 2014 yilda boshlangan qurolli bosqin paytida Rossiya tomonidan bosib olingan hududda Ukrainaning milliy suverenitetini so‘zsiz tiklashni talab qiladi va Qrim Ukrainaning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlaydi.
Bu vakillik assambleyasining 2022 yil boshidan beri Rossiyaning harakatlarini qoralash va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan to‘qqizinchi bayonotidir..
Eslatib o‘tamiz, Shveysariya Federal Assambleyasining quyi palatasi joriy yilning 24 sentyabr kuni “Golodomor”ni genotsid akti deb tan olgandi. Ukraina tilida “ochlikdan o‘ldirish” degan ma’noni anglatuvchi “Golodomor” atamasi 1930 yillarda Sovet Ittifoqi davrida Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasida odamlarning ochlikdan o‘lishini anglatadi.
LiveBarchasi