Isroil genotsidi haqida film tayyorlayotgan jurnalist Marselda o‘lik holda topildi
Olam
−
04 dekabr
1482Fransiyaning Marsel shahrida yashagan jurnalist Marin Vlaxovich o‘z uyidan o‘lik holda topildi. Bu haqda mahalliy “La Provence” gazetasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 39 yoshli jurnalist joriy yilning 27 noyabr kuni o‘z uyidan o‘lik holda topilgan. Uning jasadi uyining tom qismida do‘stlari tomonidan topib olingan. Uning yaqinlari telefon qo‘ng‘iroqlari va xabarlarga javob bermagani uchun xavotir olib, uyiga borgan.
“Voqea yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda, lekin dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat izlari aniqlanmagan. Vlaxovichning vafoti sabablarini aniqlash davom etmoqda”, degan mahalliy politsiya.
Ma’lumot uchun, Marin Vlaxovich Yaqin Sharq bo‘yicha chuqur bilimga ega jurnalist bo‘lgan. U ko‘plab yirik media tashkilotlarida, jumladan RTS, "Le Soir", RFI, "Radio France", "Libération" kabi nashrlarda ishlagan. Vlaxovich, shuningdek, Falistin ishi bilan ham mashhur bo‘lib, “Gaza Calling” loyihasida do‘stlari va hamkasblaridan G‘azo shahridan yuborilgan video va audio xabarlarni to‘plagan edi. Bu ish uni nafaqat jurnalistlar doirasida, balki xalqaro miqyosda ham mashhur qilgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr