Eski Soliq kodeksidagi imtiyozlar 1 apreldan bekor bo‘ladi
Jamiyat
−
17 fevral 2020 8023 1 daqiqa
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, joriy yilning 1 aprelidan iqtisodiyotda normal raqobat muhitini shakllanishiga halal berayotgan imtiyozlar bekor qilinadi.
2020 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘lgan Soliq kodeksida soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi me’yorlar 380 tani tashkil qilgan. Yangi tahrirdagi kodeks qabul qilinishi jarayonida imtiyozlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Natijada o‘zini oqlamagan me’yorlar bekor qilinib, ularning soni 301 taga kamaytirildi.
Bunda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan (ta’lim, tibbiyot, madaniyat, maishiy xizmat) soliq imtiyozlari saqlab qolindi.
Shuningdek, iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar muddati tugaguniga qadar amal qilishi belgilandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr