Eski 100 dollarlikni hech qanday muammosiz ishlatish mumkin – Markaziy bank
Jamiyat
−
20:04
1477Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi (2009 yilgacha emissiya qilingan) banknotlarni banklar tomonidan sotish va sotib olish bilan bog‘liq amaliyotlar hech qanday muammolarsiz amalga oshirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.
Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etmoqda.
“Agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi 100 AQSH dollari nominalidagi banknotlarni qabul qilishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat etishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.
Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, mamlakat hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshirilishi eslatib o‘tilgan.
LiveBarchasi