Eski hammom, eski tos. Toshkentda metro yana to‘xtab qoldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 23 oktyabr kuni Yunusobod liniyasida harakatlanuvchi poyezdlardan biri Abdulla Qodiriy bekatiga kelganda to‘xtab qolgani va 15 daqiqadan so‘ng yo‘lovchilarni tushirib ortiga qaytib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu vaziyat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, bugun, 23 oktyabr kuni soat 09:46 lar atrofida Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangani sabab yuqoridagi holat yuzaga kelgan. Holat yuzasidan kerakli chora tadbirlar ko‘rilgan so‘ng, harakat tarkibi soat 10:17 da yana yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

Xabarda keltirilishicha, nosozlik bartaraf etilgan va hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktyabrda xam Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida poyezd buzilib, 12 daqiqa to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod metro “Abdulla Qodiriy” Shahriston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing