“Eshikni oching, MIBdan keldik”. Farg‘onada ota-ona chaqalog‘ini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimlariga o‘z chaqalog‘ini benzin bilan yoqib yuborish bilan tahdid qilgan qarzdor ayol va uning eriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, joriy yilning 9 sentyabrida MIB Quvasoy shahar bo‘limi ish yurituvida qarzdor ayol Z.B.dan fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 8 fevraldagi qaroriga asosan bank foydasiga 32,5 million so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan bo‘lgan.

Ushbu ijro ishi bo‘yicha MIB, shahar FVB yong‘in-qutqaruv qismi xodimlari, tez yordam shifokorlari, shahar IIB xodimlari hamda mahalla raisi ishtirokida Z.B.ning uyiga ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan. Shu payt Z.B. va uning turmush o‘rtog‘i A.B. majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishiga faol qarshilik qilib, MIB xodimlarini turli so‘zlar bilan haqorat qilishgan. 

Qolaversa, ular MIB xodimlarini qo‘lidagi chaqalog‘i ustidan benzin sepib, yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Z.B. va A.B.ga nisbatan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxs qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish) va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing