“Eshiklar yopiladi”. Toshkent yerusti metrosi faoliyatini boshladi (foto+videoreportaj)

Jamiyat

Bugun, 30 avgustdan Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yana 2 ta bekat hamda yerusti aylana liniyasining bir qismi ishga tushdi.

Yunusobod yo‘nalishida “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari yo‘lovchi tashishni boshladi. Ushbu metro yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 7 noyabrdagi qaroriga muvofiq boshlangan edi.

Loyihaning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, ikkita bekatning uzunligi qariyb 3 kilometrni tashkil etadi. Yo‘lning 850 metr qismi yerosti suv ko‘p joyga to‘g‘ri kelgan. Yangi ochilgan ikkita bekat kuniga 7,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Mustaqillik kuni arafasida O‘zbekistonda ilk yerusti metro yo‘li ham qurib bitkazildi va bugundan fuqarolarga xizmat ko‘rsata boshladi.

Toshkent shahridagi yerusti halqa metrosini loyihalashtirish 2017 yilda boshlangan edi.

Ishga tushgan “Do‘stlik-2” bekatidan “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan masofa salkam 12 km. Yo‘nalishda 7 ta bekat barpo etilgan.

Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu masofada har biri 4 ta vagondan iborat 4 ta poyezd qatnaydi.

Ushbu yo‘nalish kuniga 46 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Yerusti halqa metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million dollardan ziyod bo‘lib, beshta bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda Qo‘yliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining “Olmazor” bekati bog‘lanadi. Uchinchi bo‘lib “Beruniy”, undan keyin “Bodomzor” bekatigacha bo‘lgan qism quriladi.

So‘nggi bosqichda esa halqa metro liniyasi yana “Do‘stlik” bekatiga ulanadi. Bu yo‘llarning jami uzunligi qariyb 55 kilometr, bekatlar 35 ta bo‘ladi.

1

Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing