Eshakni Spark`ga bog‘lab sudragan haydovchi jazolandi

3-sahifa

Ijtimoiy tarmoqlarda eshakni orqasiga bog‘lab olgancha, uni sudrab ketayotgan Spark avtomobili aks etgan videorolik paydo bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tekshiruv o‘tkazdi. 

Xabarlarga ko‘ra, 29 oktyabr kuni “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga yuqoridagi holat aks etgan video kelib tushgan. Shundan so‘ng, jamiyat holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXBga murojaat yo‘llagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan F.G‘. o‘z boshqaruvidagi Spark avtomobilining orqa tomoniga arqon bilan eshakni bog‘lab olgan va hayvonni sudrab harakatlangan. 

“Olmazor tumani 7-sonli IIB mas’ullari tomonidan holat yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, ko‘rib chiqish uchun tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, 3 dekabr kuni Olmazor tumani Ma’muriy sudi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasida keltirib o‘tilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqaro F.G‘.ga nisbatan BHMning 3 baravari (669 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Spark eshak

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing