Yosh oilalarga qanday maqsadlarda kreditlar beriladi?
Bu qiziq
−
10 fevral 2019
29042Yosh oilalarga qanday maqsadlarda mikrokreditlar beriladi? Bu savolga Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
- mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
- yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
- oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;
- ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
- moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15