Ertaroq gol urganimizda hisob ham boshqacha ko‘rinish olardi – Kapadze

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Qirg‘izistonga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalo, hamyurtlarimizni Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. Biz uchun eng muhimi g‘alaba edi. Imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Agar ertaroq gol urganimizda hisob ham boshqacha ko‘rinish olgan bo‘lar edi. Lekin bunga qaramasdan Qirg‘iziston ham yomon o‘ynamadi. Yaxshi himoyalandi. Biz  endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak”, deydi Kapadze.

Ma’lumot o‘rnida, Temur Kapadze qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 7-turida Qirg‘izistonni qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa, O‘zbekiston  milliy terma jamoasi guruh bosqichida 16 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni mustahkamladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Temur Kapadze O'zbekiston terma jaomasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing