Ertaga Yunusobod tumani aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 28 may kuni Yunusobod tumanining katta qismidagi iste’molchilar gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ xabar berdi.

“Yunusobod tumani, “Qoraqamish” ko‘chasida joylashgan “LEP” stansiyasini boshqa joyga ko‘chirishi sababli 28 may kuni yer osti gaz quvurini kesish va ulash ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu ishlar soat 11:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi va ayrim tabiiy gaz iste’molchilariga gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi”, deyilgan xabarda.

Gaz ta’minotidan uziladigan aholi va ulgurji iste’molchilar:

•    Yunusobod 2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14 va 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli uylar;
•    “Yo‘l ariq” MFY; 
•    “Kulol qo‘rg‘on” MFY;
•    “Yunusobod” MFY;
•    “Bobodehqon” MFY;
•    “Otchopar-1”  va "Otchopar-2" MFY;
•    “Xiyobontepa” MFY;
•    “Bodomzor” MFY;
•    “Yangi tarnov” MFY;
•    “Bog‘i Bo‘ston” MFY;
•    “Shayx Shivli” MFY;
•    “Firdavsiy” MFY;
•    “Matonat” MFY;
•    “Minor“ MFY;
•    “G‘ayratiy” MFY;
•    “Islomobod” MFY. 

“Hududgaz Toshkent shahar” MCHJ yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Yunusobod

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing