Ertaga yana bir tuman karantinga yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 1 iyul kuni Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani karantinga yopiladi va hududga kirish-chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda tumani hokimligi xabar berdi.

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish maqsadida Do‘stlik tumanlariga 2020 yil 30 iyun soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi”, deyilgan hokimlik xabarida.

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha viloyat va tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1 iyuldan karantin choralari kuchaytirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

368

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing