Ertaga Yakkasaroy tumanidagi 17 ta ko‘cha suv ta’minotidan vaqtincha uziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 22:00 dan 26 sentyabr 22:00 ga qadar Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Cho‘ponota ko‘chasidagi ichimlik suv tarmoqlarida profilaktik ishlarni amalga oshiradi. Shu munosabat bilan qator ko‘chalarda vaqtincha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi..

Toshkent shahar hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, quyidagi manzillarda vaqtincha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi.

•    Bog‘ibo‘ston ko‘chasi; 
•    Sh.Rustavelli ko‘chasi; 
•    Jambul va Jambul tor ko‘chalari; 
•    Tadbirkor ko‘chasi;
•    K.Yashin ko‘chasi;
•    Ehtirom va Ehtirom tor ko‘chalari;
•    Yakkasaroy va Yakkasaroy tor ko‘chalari;
•    Nurmuhammedova ko‘chasi;
•    Sirojiddinova ko‘chasi;
•    Z.Validiy ko‘chasi;
•    Toboriy ko‘chasi; 
•    Hamshira ko‘chasi; 
•    Dilxiroj ko‘chasi;
•    Meros tor ko‘chasi; 
•    Yoqut ko‘chasi; 
•    Suqrot ko‘chasi; 
•    Spitamen ko‘chasi.

Suv ta’minotidan uzilgan iste’molchilarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing