Ertaga Toshkentning o‘ndan ortiq mahallasi “svet”siz qoladi 

Jamiyat

image

Ertaga, 1 iyul kuni poytaxtning Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Unga ko‘ra, 1 iyul kuni Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kV bo‘lgan elektr uzatish kabel tarmog‘iga elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida soat 00:00 dan 05:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Elektr ta’minotidan uziladigan hududlar:

Olmazor tumani hududidagi “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Ahil”, “Moyariq” mahallalaridagi aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subektlari;

Yusobod tumanining “Hasanboy” , “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Turkiston”, “Yo‘lariq”, “Akbarobod”, “Tiklanish” mahallalarining qisman ko‘chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta’minotidan o‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent elektr ta'minoti svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing