Ertaga Toshkentning ikki tumanida gaz o‘chiriladi

Jamiyat

−

image

Ertaga, 10 avgust kuni Toshkent shahrining ikki tumanidagi ayrim hududlar tabiiy gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha uziladi:

•  Bektemir tumani: “Musaffo” va “Sohil” MFYdagi 383 ta aholi va 12 ta ulgurji iste’molchilar soat 14:00 dan 17:00 gacha;
•  Sergeli tumani: “Nomdanak”, “Keng makon” va “Qo‘shqo‘rg‘on” MFYdagi 550 ta aholi va 16 ta ulgurji iste’molchilar soat 11:00 dan 17:00 gacha tabiiy gazdan uziladi.

Shuningdek,“Hududgazta’minot” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 avgust kuni poytaxtning Bektemir tumanidagi “Nurli yo‘l” MFYning ayrim ko‘chalari va Yunusobod tumanidagi “Mingchinor” MFYning ayrim ko‘chalari elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing