Behayo çiqişlar qilgan aktrisaga çora körildi (video)
3-sahifa
−
12:04 3844 1 daqiqa
Aktrisa Nilufar Hamidovaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan behayo videosi jamoatçilik noroziligiga sabab böldi. Holat yuzasidan suriştiruv ötkazilib, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş uçun hujjatlar tuman sudiga yuborildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi axborot multimedia markazi rahbar örinbosari Qahramon Xudoyberganov özining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aktrisaning jamoat joyidagi nomaqbul harakatlari aks etgan. Mazkur holat jamoatçilikning keskin e’tirozlariga sabab böldi.
Holat yuzasidan munosabat bildirgan aktrisa mamlakat xalqidan uzr sörab, bundan buyon bunday mazmundagi kontentlarni tayyorlamasligini aytgan.
“Sönggi sözim: men özbek xalqidan, xalqimdan uzr sörayman. Boşqa bunday kontentlarni çiqarmayman. Mana, körasizlar. Bundan keyin şunday çiroyli kontentlar çiqadi. Birontangiz ham gap tekkizmaysiz, gapirmaysiz”, deydi aktrisa.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Fuqaroning jamoat joyida mayda bezorilik sodir etgani bilan boğliq xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş va qonuniy çora köriş uçun töplangan hujjatlarni tuman sudiga yuboriş çoralari körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Moskva metrosida provokatsion videolar suratga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib kelgan özbekistonlik bloger politsiya xodimlari tomonidan qölga olingandi.Live
Barchasi