Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 1 mart kuni Toshkent shahrining qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar qildi.

“Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 1 mart kuni o‘tkaziladigan marafon sababli soat 8:00 dan 11:00 gacha shahrimizdagi ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi”, deyiladi xabarda.

Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

•    Oybek ko‘chasining Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•    Afrosiyob ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•    Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
•    Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy nomli DAKT gacha bo‘lgan qismi.


Maqola muallifi

Teglar

marafon ko'cha

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing