Ertaga Toshkentning 790 ta xonadoni vaqtincha gazsiz qoladi
Jamiyat
−
30 yanvar 2023
11277Ertaga, 31 yanvar kunida Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumani mahallarida ta’mirlash ishlari sababli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sergeli tumanida “Xonobodtepa”mahallasida Dadaxo‘jayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57 millimetrli o‘rta bosim gaz quvurini metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilishi tufayli soat 10:00dan 15:00ga qadar “Xonobod”, “Xonobodtepa” va “Xontepa” mahallalaridagi jami 580 ta uy xo‘jaliklarida hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shuningdek, Yangihayot tumani “Yangidarxon” mahallasi hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76 millimetrli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli soat 10:00dan 17:00ga qadar “Yangidarxon” mahallasida joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo‘jaliklar hamda hududdagi 9 ta ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minoti vaqtuncha gazsiz qoladi.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.