Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2022
9123Ertaga, 16 oktyabr kuni Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
16 oktyabr kuni poytaxtda 3 km.ga yugurish “Business Run” marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 16 oktyabr soat 06:00 dan soat 11:00 gacha quyidagi ko‘chalar yopiladi:
• Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
• Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
• Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.
"Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilib, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi boshqarma xabarida.