Koreyada o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Olam
−
31 avgust 2019
5726Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa sababli vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 30 avgust kuni Chungnam provinsiyasida O‘zbekiston fuqarosi X.S. ish joyida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda o‘zbekistonlikning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
LiveBarchasi